Asosiy mazmunga o'tish

Huquqiy ma'lumot

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 7-iyul

1. Umumiy qoidalar

Ushbu sahifa trendoai.uz sayti (keyingi o'rinlarda — «TrendoAI», «biz») foydalanuvchilarning qanday ma'lumotlarini to'plashi va ulardan qanday foydalanishini tushuntiradi. Saytdan foydalanish orqali siz ushbu siyosatga rozilik bildirasiz.

2. Siz bizga beradigan ma'lumotlar

  • Buyurtma formasi — ismingiz, telefon raqamingiz va loyiha tavsifi. Bu ma'lumotlar faqat buyurtmangizni ko'rib chiqish va siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi, uchinchi shaxslarga sotilmaydi.
  • AI chatbot — chat oynasiga yozgan xabarlaringiz javob tayyorlash uchun Google Gemini xizmatiga yuboriladi. Chatga shaxsiy yoki maxfiy ma'lumot yozmaslikni tavsiya qilamiz.
  • Push-xabarnoma obunasi — rozilik bersangiz, brauzeringizning texnik obuna manzili saqlanadi. Obunani brauzer sozlamalaridan istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

3. Avtomatik to'planadigan ma'lumotlar

Saytda quyidagi uchinchi tomon xizmatlari ishlatiladi va ular o'z cookie'laridan foydalanishi mumkin:

  • Google Analytics — tashriflar statistikasi (anonim ko'rinishda).
  • Google AdSense — reklama ko'rsatish; Google reklamani moslashtirish uchun cookie ishlatishi mumkin. Batafsil: Google reklama texnologiyalari.
  • Facebook Pixel — reklama samaradorligini o'lchash.

Brauzeringiz sozlamalari orqali cookie'larni o'chirishingiz yoki cheklashingiz mumkin — bu saytning asosiy funksiyalariga ta'sir qilmaydi.

4. Ma'lumotlar qancha saqlanadi

Buyurtma ma'lumotlari xizmat ko'rsatish davri va qonunchilikda belgilangan muddat davomida saqlanadi. Ma'lumotlaringizni o'chirishni so'rash huquqiga egasiz — buning uchun quyidagi manzilga murojaat qiling.

5. Murojaat

Maxfiylik bo'yicha savollar uchun: info@trendoai.uz yoki +998 97 477 12 29.